Mehmonlar to'lovni o'z vaqtida qiladi
MyHostel — hostel va mehmonxona uchun Telegram'dagi dastur. Bot har bir mehmonga to'lov kunini o'zi eslatadi, siz esa kim qarzdor va qaysi o'rin bo'shligini har ertalab telefoningizda ko'rasiz.
- 14 kun bepul
- Karta so'ralmaydi
- O'rnatib beramiz
Demo — tayyor namuna hostel: mehmon joylab, to'lov olib, o'zingiz ishlatib ko'rasiz.

Daftar bilan har oy pul yo'qotasiz
- 900 000so'm
Unutilgan to'lov
Bitta mehmon bir oy to'lamay qolsa — shuncha. Daftardan kim kechikkanini topguncha yana bir hafta o'tadi.
- 1 o'rin
Bo'sh turgan joy
Qaysi xonada joy borligini aniq bilmasangiz, yangi mehmonga «joy yo'q» deysiz. Bo'sh o'rin har kuni pul yo'qotadi.
- ?
Yozilmagan pul
Admin pulni oldi, lekin daftarga yozmadi. Buni bilishning yo'li yo'q — toki mehmon «men to'laganman» demaguncha.
100 o'rinli hostel uchun MyHostel oyiga 500 000 so'm turadi — bitta mehmonning oylik to'lovidan ham kam. Bitta qarzdor vaqtida to'lasa, dastur o'zini qoplaydi.
MyHostel — O'zbekistondagi hostel, mehmonxona va ijara xonalari uchun boshqaruv tizimi (PMS). U Telegram ichida ishlaydi: alohida dastur yoki kompyuter kerak emas. Xonalar va o'rinlar, oylik va kunlik mehmonlar, bronlar, to'lovlar va qarzlar bir joyda yuritiladi.
Butun hostel telefoningizda
Kim qarzdor — bir qarashda
Jami qarz, kim necha kun kechikkani va bugun kim to'lashi kerakligi bitta ekranda. Pulni qabul qilsangiz, qarz o'sha zahoti yopiladi.
- Qarz o'zi hisoblanadi
- Kechikkan kunlar va jarima
- Har bir to'lov kim qabul qilgani bilan tarixda

Eslatmani bot yuboradi, siz emas
Har bir mehmon to'lov kunidan oldin Telegram'da xabar oladi, kechiksa — har kuni. Sizga esa har ertalab kunlik hisobot keladi.
- 5 kun qoldi
- 3 kun
- 2 kun
- Ertaga
- To'lov kuni
- Kechiksa, har kuni
Telegram'i yo'q mehmonni ham kiritasiz: hisobotda u belgi bilan chiqadi va unga o'zingiz qo'ng'iroq qilasiz.
Bo'sh o'rin doim ko'z oldingizda
Har bir xonada nechta o'rin band, nechtasi bo'shligi rangli belgilar bilan ko'rinadi. Mehmon qo'ng'iroq qilsa, javobni darhol berasiz.
- Oylik va kunlik narxlar
- Kelajakdagi bronlar
- Ko'chirish va chiqarishda pul qayta hisoblanadi

Qayerda bo'lsangiz ham, hostel nazoratda
Bandlik, oylik tushum va qarzlar bosh ekranda. Adminlar faqat o'z hostelini ko'radi, egasi esa hammasini.
- Bir nechta filial bitta hisobda
- Har bir adminning ishi tarixda
- Mehmonlarga xabar o'z botingizdan

Daftar bilan qanday, MyHostel bilan qanday
| Daftar yoki Excel | MyHostel |
|---|---|
| Kimning to'lov kuni kelganini varaqlab topasiz | Bugun, ertaga va shu hafta to'laydiganlar har kuni ertalab Telegram'ga keladi |
| Har bir mehmonga o'zingiz qo'ng'iroq qilib eslatasiz | Bot mehmonga 5, 3, 2 va 1 kun oldin, to'lov kuni va kechiksa har kuni yozadi |
| Bo'sh joyni xonama-xona eslab yurasiz | Har bir xonada nechta o'rin bo'shligi doim ko'rinib turadi |
| Admin yozib qo'ymagan pul izsiz yo'qoladi | Har bir to'lov kim qabul qilgani bilan tarixda qoladi |
| Mehmon boshqa xonaga o'tsa, pulni qo'lda qayta hisoblaysiz | Ko'chirish va erta chiqishda summa kunma-kun o'zi qayta hisoblanadi |
| Daftar bitta va hostelda turadi | Egasi va adminlar bir vaqtda, istalgan joydan ko'radi |
Bir kunda ishga tushadi
Daftardagi hamma narsani qaytadan yozish shart emas.
Xonalarni kiriting
«101-110» deb yozsangiz, o'nta xona bir yo'la qo'shiladi. Narx va o'rinlar sonini bir marta yozasiz.
Mehmonlar ro'yxatini tashlang
Daftar yoki Excel'dagi ro'yxatni nusxalab qo'ying: ism, xona, kirgan sana. Keyingi to'lov kunini tizim o'zi hisoblaydi.
Mehmonlarni botga ulang
Mehmon telefon raqami bilan botga kiradi va o'z to'lovlarini ko'radi. Eslatmalar shundan keyin o'zi boradi.
O'rin uchun oyiga 5 000 so'm
Hamma imkoniyatlar har bir hostelga ochiq, yashirin to'lov yo'q. Hisoblab ko'ring, bu tushumingizning qancha qismi:
- 14 kun bepul sinov, karta so'ralmaydi
- Kamida oyiga 150 000 so'm
- 200 dan ortiq o'rinlarning har biri 4 000 so'mdan
- Yillik to'lovda 2 oy bepul
O'rnatishni o'zimiz qilamiz
Men Ilxomjon, MyHostel'ni yaratganman. Hostelingizni o'zim sozlab beraman: xonalar va mehmonlar ro'yxatini yuborasiz — men kiritaman va adminlaringizga Telegram orqali ko'rsataman. Keyin ham savollaringizga Telegram'da o'zim javob beraman.
- 14 kun bepul, karta so'ralmaydi
- Oylik to'lov: istalgan oy to'xtatishingiz mumkin
- Ma'lumotlaringiz faqat sizniki
Savollar
Kompyuter yoki maxsus dastur kerakmi?
Yo'q. Hammasi Telegram ichida ishlaydi: telefonda ham, kompyuterdagi Telegram'da ham. Hech narsa o'rnatilmaydi.
Mehmonda Telegram bo'lmasa-chi?
Mehmonni baribir kiritasiz va to'lovlarini yuritasiz. Faqat eslatma unga bormaydi: kunlik hisobotda kimga qo'ng'iroq qilish kerakligini ko'rasiz.
Daftardagi mehmonlarni qaytadan yozishim kerakmi?
Yo'q. Ro'yxatni Excel'dan nusxalaysiz yoki bitta matn qilib yozasiz: ism, xona, kirgan sana. Xohlasangiz, ro'yxatni bizga yuboring — o'zimiz kiritib beramiz.
E-mehmon bilan ishlaydimi?
Hozircha yo'q: mehmonlarni E-mehmon'da avvalgidek ro'yxatdan o'tkazasiz. Ulash rejada bor.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Hostel ma'lumotlarini faqat siz va siz qo'shgan adminlar ko'radi, har bir admin faqat o'z hostelini. Ularni uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Bir nechta filialim bor
Barcha filiallar bitta hisobda, har biriga alohida admin qo'yasiz. Egasi hammasini bir joyda ko'radi.
To'lov qanday bo'ladi?
14 kun bepul, karta so'ralmaydi. Keyin oylik yoki yillik to'laysiz, to'lov usulini siz bilan kelishamiz.
Demo nima?
Tayyor «Demo Hostel»: xonalar, yashayotgan mehmonlar va qarzdorlar bilan. Unda mehmon joylab, to'lov olib, xona qo'shib ko'rasiz. Demo hamma uchun umumiy va har kecha boshlang'ich holatiga qaytadi.
Ikki daqiqada o'zingiz ko'ring
Demoda xonalar, mehmonlar va qarzdorlar tayyor. Mehmon joylang, to'lov oling — hostelingizda qanday ishlashini o'sha zahoti his qilasiz.